"Ayaks" himoyachisi Borna Sosa "Torino"ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, italyan klubi 26 yoshli xorvatiyalikni sotib olish huquqi bilan 2024/25 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olishi mumkin.
Sosa "Ayaks"da 2023 yilning sentyabridan buyon o‘ynamoqda. U Niderlandiya jamoasi safida 25 ta o‘yinda 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 7,5 million yevroga baholamoqda.