Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Van Deyk: "Liverpul" yangi mavsumga tayyor"

Van Deyk: "Liverpul" yangi mavsumga tayyor"

Baho:
+ | -

"Liverpul" himoyachisi va sardori Virjil van Deyk niderlandiyalik mutaxassis Arne Slot boshchiligidagi yangi mavsumdan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Mening fikrimcha, mavsum qancha davom etishini hisobga olib, biz bir nechta xaridlarni amalga oshirishimiz kerak, ammo menimcha, klub buning ustida ishlamoqda. Men rahbariyatga to‘liq ishonaman va ular to‘g‘ri ish qilishiga va har bir turnirda qatnashish uchun eng yaxshi tarkibni to‘plashiga ishonaman.

Biz imkon qadar uzoqqa boramiz, bu bizning maqsadimiz. Mening ambisiyam bor, barchamizning ambisiyalarimiz bor. Biz hammamiz eng yaxshi natijaga erishmoqchimiz. Biz ishtirok etgan har bir turnirda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Bu deyarli imkonsiz, lekin biz Premyer-liga boshlanishiga tayyormiz, keyin esa mavsum davom etar ekan, o‘samiz va juda yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz degan umiddamiz", - dedi van Deyk The Independent bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp o‘tgan mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etgandi. Murabbiy faoliyati davomida 13 ta yirik sovrin, jumladan, ikkita Germaniya chempionligi, Angliya chempionati va Chempionlar ligasidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan.

"Liverpul" 2023/2024 yilgi mavsumda APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi. Jamoa 37 uchrashuvda 79 ochko jamg‘argan.

Kiritildi: 09:45, 12.08.2024.
O'qildi: 549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.