Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

MMA. Plessi endi kim bilan jang qilmoqchi?

MMA. Plessi endi kim bilan jang qilmoqchi?

Baho:
+ | -
O‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Drikus dyu Plessi kecha Avstraliyaning Pert shahrida o‘tgan turnirda kamarini himoya qilgandi.

Janubiy Afrika Respublikasi vakili UFC 305 turnirining markaziy jangida ushbu kamarning sobiq sohibi Israel Adesanyani to‘rtinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratgan edi. Drikus navbatdagi raqibi sifatida Robert Uittakerni ko‘rish istaginida ekanini ma’lum qildi.  

"Robert Uittaker! U chempionlik uchun imkoniyat berishga munosib. Robert Kosta va Shon Striklendni taslim etdi. Bu bilan u maqtana oladi. Keyin Xamzat bilan jangga rozilik berdi. Ammo bu jang amalga oshmay qoldi. Natijada Uittaker reytingi yo‘q jangchiga qarshi oktagonga chiqishga majbur bo‘ldi. Ha, Ikram kuchli jangchi, lekin u ham qisqa muddatda jangga rozilik berdi. Uni ham tushunish mumkin. Uittaker yana Chimayev bilan jang qilishga rozi bo‘ldi. U Xamzatni mag‘lub eta olsa ham chempionlik jangi berishmasa kerak. Afsuski, bu ishlar mening qo‘limda emas. Aks holda, Robertga chempionlik uchun jang qilish imkonini berardim. Men istalgan jangchi bilan oktagonda uchrashishga roziman. Agar Striklend bilan jang muxlislarga qiziq bo‘lsa, men tayyorman. Lekin  Robertni chempionlik jangiga haqliroq deb hisoblayman", — dedi dyu Plessi.

Kiritildi: 10:50, 20.08.2024.
O'qildi: 487 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.