Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Denis Korostichenko: «Alisher Odilov tez orada BAAga yo‘l oladi»

Denis Korostichenko: «Alisher Odilov tez orada BAAga yo‘l oladi»

Baho:
+ | -

Superligada 14-turning qoldirilgan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. «Olimpik» jamoasi bu tur o‘z maydonida «Nasaf»ni qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Birinchi navbatda yigitlarga janga qilishgani uchun tashakkur bildiraman. Murabbiylar shtabi ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini ko‘rsatdi. Yaxshi imkoniyatlardan foydalana olmadik. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Yakunda nima bo‘ladi bilmayman, ammo Qarshi klubi chempionlik sari odimlamoqda. Ular turnir jadvalida yetakchi. Biz bugun yaxshi uyushgan kuchli jamoa bilan o‘ynadik. Natija yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi, biroq tajriba o‘z so‘zini aytdi. Jizzax klubi bilan bo‘lgani kabi vaziyatlar bo‘lmadi, ammo shogirdlarimdan ko‘nglim to‘ldi.

— «Olimpik» birinchi bo‘limda bo‘lgani kabi ikkinchi qirq besh daqiqalikda aktiv bo‘lmadi?!

— Sezgan bo‘lsangiz ikki uchrashuvdan so‘ng ayrim o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Avvalgi bahslarda zaxiradan tushib tempni oshirgan futbolchilarimiz bugun ilk daqiqalardan maydonga tushdi. Biz bu rejani tanlab, o‘yinga tezlik qo‘shmoqchi edik. Ikki taymda bunday tempda o‘ynash qiyin. Bizni zaxiradan jangga tashlagan futbolchilarimiz reja asosida naf bermadi. Majburiy ikki o‘zgarish ham pand berdi. Bu borada ishlaymiz. Tahlil qilamiz.

— Alisher Odilov masalasida oydinlik kirta olasizmi?

— Jiddiy versiya yo‘q. U bilishimizcha, Osiyoning boshqa klubi bilan shartnoma imzolamoqchi. Tez orada BAAga yo‘l oladi. Boshqa ma’lumot bizda yo‘q.

— «Olimpik»da o‘yin bor, ammo natija yo‘q. Jamoa qachon ochko jamg‘arishni boshlaydi?

— Biz har bir bahsda g‘alaba uchun o‘ynayapmiz. Bizga har safar bitta imkoniyat yetmayapti. Biz o‘yin tomondan kuchayib boryapmiz. Top jamoalar bilan kuch sinashdik. Mehmonga Farg‘onaga boramiz. Omad kulib boqsa, g‘alaba bilan qaytamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:03, 21.08.2024.
O'qildi: 1405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик