Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

La liga. «Barselona» «Atletik Bilbao»ni taslim etdi

La liga. «Barselona» «Atletik Bilbao»ni taslim etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 2-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida Bilbaoning «Atletik» klubini qabul qilib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bahsning 24-daqiqasida Lamin Yamal chiroyli zarba bilan hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘ngida Kubarsi ehtiyotsizlik tufayli o‘z darvozasi tomon penalti belgilanishiga sabab bo‘ldi. Oyan Sanset 11 metrli jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi.

Kataloniyaliklar ikkinchi bo‘limda ham hujumkor o‘yin namoyish etishdi. O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida Rafinya-Pedri kombinasiyasidan keyin darvozabon to‘pni qaytardi. Robert Levandovski esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

"Barselona" ushbu g‘alabadan keyin 6 ochko bilan jadval peshqadamiga aylandi.

Ispaniya La ligasi, 2-tur
Barselona – Atletik 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 24 Yamal, 1:1 – 42, penalti Sanset, 2:1 – 75 Levandovski.
Barselona – ter Stegen, Balde (Martin, 90+1), Martines, Kubarsi, Kunde, Pedri, Bernal (Erik Garsiya, 83), Ferran Torres (Lopes, 63), Rafinya, Yamal (Viktor, 90+1), Levandovski.
Atletik – Padilya, Berchiche, Yeray Alvares, Vivian, Lekue, Prados (Errera, 78), Vesga (Xauregisar, 63), Uilyams, Sanset (Unai Gomes, 62), Berenger (Ares, 72), Uilyams (Guruseta, 78).
Ogohlantirishlar: Yeray Alvares (38), Kubarsi (41), Bernal (49), Berenger (56), Levandovski (85), Lekue (87), Lopes (90+6), Xauregisar (90+6), Errera (90+6).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:15, 25.08.2024.
O'qildi: 2792 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик