Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta 4-1 Borussiya D
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy

Baydarka va kanoechilarimiz to‘rtta dasturdagi finallarni yakunlashdi

Baydarka va kanoechilarimiz to‘rtta dasturdagi finallarni yakunlashdi

Baho:
+ | -
Samarqand shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon chempionatining so‘nggi kunidan o‘rin olgan bellashuvlar o‘tkazilmoqda.

Musobaqa doirasida o‘zbekistonlik sportchilar hozirga qadar 4 ta dasturdagi finallarda chiqish qildi.

Dastlab, kanoechilarimiz 500 metr masofaga kechgan bahslarda startga chiqishdi. Undagi yakkalik dasturida Dinara Jo‘rayeva yettinchi natijani qayd etdi. Shundan so‘ng, Nilufar Zokirova hamda Elryorjon Mamadaliyev juftligi marra chizig‘ini beshinchi bo‘lib kesib o‘tdi.

200 metr masofaga kechgan bahslarda esa Artur Guliyevning yakkalikdagi chiqishi muxlislarni katta hayajonda ushlab turdi. Shiddatli ruhda o‘tgan poygada hamyurtimiz to‘rtinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Dinara Jo‘rayeva hamda Nilufar Zokirova juftligi esa to‘qqizinchi bo‘ldi. Birozdan so‘ng atletlarimiz yana 4 dasturda startga chiqishadi.

Kiritildi: 16:11, 25.08.2024.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.