Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Aleksandr Krestinin: "Rejalarimizning barchasi amalga oshdi"

Aleksandr Krestinin: "Rejalarimizning barchasi amalga oshdi"

Baho:
+ | -

Superligada 17-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Lokomotiv" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Qizilqum"ni qabul qildi va 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Oson bo‘lmagan o‘yin edi bu. Raqib juda tartibli harakat qiladi. Ko‘p gol kiritmaganiga yarasha, kam o‘tkazib yuboradi. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Aytganimdek, yigitlarda potensial katta. O‘ylaganimizning barchasi amalga oshdi. Lokomotiv ishqibozlarini g‘alaba bilan tabriklayman.

"Lokomotiv" 20 daqiqada 4 ta golni qanday kiritdi?

Albatta, biz uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibning o‘yinini ham o‘rgangan edik. To‘g‘ri o‘ynadik. Oldingi chiziqda jamoaviy harakat qildik. Bugun rejalarimizning barchasini omadli ijro etdik. Yigitlar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgan edi. Ruhan, bizga katta ishonch beradi.

Darvozabon Suhrob Sultonovning almashgani o‘tkazib yuborgan gollari bilan bog‘liqmi?

Bizda bir emas, 5 ta o‘zgarish bo‘ldi bu bahsda. O‘tgan bellashuvdagi xulosalarimizdan kelib chiqib shu ishga qo‘l urdik. U mashg‘ulotlarda yaxshi ishlamoqda. Bugungi o‘yinga bizning tanlovimiz shunday bo‘ldi xolos.

"Lokomotiv"ga o‘tgan bellashuvlarda nima yetishmagan edi? Bugungi o‘yin fonida javob bersangiz?!

Albatta, o‘yin dinamikasi edi muamo. Taktik yoki jismoniy tayyorgarlik borasida hech qanday muammo yo‘q edi. Bugun jang qilishdi va kerakli darajada maydon bo‘ylab harakat qilishdi. To‘psiz va to‘p bilan yaxshi o‘ynadik. Avvalgi qarama-qarshiliklarda buni amalga oshira olmagan edik.

Laziz Mirzayevning bugungi harakatlari haqida fikringiz qanday?

Biz omma oldida futbolchilarga baho bermaymiz. Jamoa haqida fikr bildirishimiz mumkin. Jamoa bugun ikkita gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Barchasini ko‘rib, tahlil qilamiz. Umuman olganda, oson bo‘lmagan raqibga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

Jamoa uy uchrashuvlarini neytral maydonda o‘tkazayotganingiz qay darajada ta’sir qilmoqda?

Uy stadion albatta, yoqimli. Bilmadim, bu bizga yordam bera olayapti yoki yo‘q deb ayta olmayman. Biz, bunday bo‘lishini avvaldan bilar edik va bunga tayyorgarlik ko‘rganmiz. Bu savolga e’tibor qaratmaymiz.

Ikki haftalik tanaffusda jamoani tonusda ushlab turishda muammo bo‘lmaydimi?

Biz inson organizmidagi o‘zgarishlarni bilamiz. Ikki hafta davomida kerakli ishlarni amalga oshiramiz. Bundan avvalroq, 3 haftalik pauza ham bo‘lgan edi. Bu normal vaziyat.

FIFA kunida O‘zbekiston Qirg‘iz Respublikasi bilan rasmiy o‘yinda ishtirok etadi. Taxminingiz bormi?

Biz murabbiylar taxmin qilmaymiz, ammo juda yaxshi o‘yin bo‘lishini ayta olaman. Bu aniq. Qirg‘izistonga hurmat saqlagan xolda aytishim mumkin, O‘zbekiston bu bahsda favorit. Reyting hammasini ko‘rsatib turibdi. Qirg‘izistonning o‘yinini sinchiklab kuzataman va muxlislik qilaman. Bu mamlakat menga juda ko‘p narsa bergan.

Kiritildi: 23:05, 25.08.2024.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.