Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Rasman! "Yuventus" yangi transferni amalga oshirdi

Rasman! "Yuventus" yangi transferni amalga oshirdi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasining 21 yoshli hujumchisi Fransishku Konseysau rasman Turinning “Yuventus” klubi futbolchisiga aylandi. "Portu"dan ko‘chib o‘tgan futbolchi Italiya jamoasida joriy mavsum oxirigacha ijara asosida o‘ynaydi.

Ijaraga sotib olish opsiyasi kirmasligi avvalroq xabar qilingan edi. Shartnoma 7 million yevroga teng bo‘lib, Portugaliya klubi yana 3 million yevrogacha bonus olishi mumkin.

O‘tgan mavsumda 21 yoshli futbolchi "Portu"ning barcha turnirlar doirasidagi 43 ta o‘yinida qatnashib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fransishku Konseysau terma jamoa tarkibida Yevro-2024da ishtirok etgan.

Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 22 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 14:12, 27.08.2024.
O'qildi: 1752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик