Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Kamoliddin Tojiyev: "Bugun bizning kunimiz emas ekan"

Kamoliddin Tojiyev: "Bugun bizning kunimiz emas ekan"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining yarim finalidan o‘rin olgan "Paxtakor"— "Navbahor" (0;0,pen. bo‘y.: 3:4) uchrashuvidan  keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida  mezbonlar yordamchi murabbiyi Kamoliddin Tojiyev qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

— To‘rtta bo‘limda ham o‘yinni nazorat qildik, yaxshi o‘ynadik, vaziyatlar yaratdik. Biroq yaxshi o‘yin uchun g‘alaba berilmaydi, gol urmasak, yutib bo‘lmaydi. Penaltilar seriyasiga keladigan bo‘lsak, bu endi lotereya. Bugun bizning kunimiz emas ekan.

— Penaltilar seriyasida kimlar zarba berishini murabbiy hal qiladimi?
— Kim tayyor bo‘lsa, o‘sha tepadi. Avvalo o‘zlaridan so‘raymiz va keyin o‘zlari nechanchi bo‘lib, tepishlarini aytishadi.

— Jamoa bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldi. Mavsum davomida jamoada realizasiyada muammolar bo‘layotganini ko‘ryapmiz. Xo‘sh, bu muammoni to‘g‘rilash uchun qancha vaqt ketadi?
— Buning ustida ishlash kerak. Faqatgina mashg‘ulotlar orqali hal qilamiz. Boshqacha yo‘l yo‘q.

— Bugun Kimi Merk qaydnomada bor edi. Biroq u bahsni tribunadan kuzatdi Bunga sabab nima?
—  Merk o‘zida noqulaylik his qildi. Oyoq mushaklarini tortib olgandi. Shu sababli unga dam berdik. Hali u termaga borishi kerak.

— Yaxshi o‘yin uchun minnatdorchilik bildiramiz. Mag‘lubiyatning sababini nimalarda deb o‘ylaysiz?
— Bugun bizning kunimiz emasdi. Barcha ishni qildik, vaziyatlar yaratdik, o‘yinni nazorat qildik.

— "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shaskixga O‘zbekiston superkubogi o‘yini oldidan ham penaltilar bo‘yicha savol berilganida, u penaltilarga ishlashdan ma’no yo‘qligini, barchasi omadga taqalishini aytgandi. So‘nggi bir necha sovrinlarini penaltilar orqali boy berib qo‘ygan "Paxtakor"da yoki bir necha turnirlarda penaltilar orqali mag‘lub bo‘lgan termalarimizda bu muammoni hal qilish mumkinmikin?
— Barchasi ruhiyatga bog‘liq. Mashg‘ulotlardan keyin yigitlar penaltilar, jarimalar ustida ishlashadi. Menimcha, bu ruhiyatga bog‘liq. Yigitlar buning ustida ishlashlari kerak.

— "Paxtakor" kubokdan chiqib ketganidan keyin OCHL uchun imkoniyatlari pasaydi. Chempionatda yaqqol peshqadam bor. Klub kelasi mavsumda jamoaning xalqaro maydonsiz qolib ketishidan qo‘rqmaydimi?
— Yo‘q, unaqasi bo‘lmaydi. "Paxtakor" har doim xalqaro maydonda bo‘ladi va oldiga chempionlik maqsadini qo‘yadi. Hali oldinda o‘yinlar juda ko‘p. Oldindan biror nima deb bo‘lmaydi.

"Navbahor"  PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:00, 31.08.2024.
O'qildi: 1700 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.