"Real"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu germaniyalik yarim himoyachi Toni Kroosning faoliyatini yakunlagani haqida gapirdi.
"U buni shunday ko‘radi, biz uning qarorini hurmat qilishimiz kerak. Men uning qarorini hurmat qilaman. U yana bir necha yil o‘ynashi mumkin, ammo bu uning qarori", - deya Ronaldu so‘zlarini keltirmoqda Madrid Xtra.
“Real” va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi yozda Yevropa chempionati yakunlanganidan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.