Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines JCH-2026 saralashida Kolumbiya terma jamoasi bilan o‘yin natijasi haqida gapirib o‘tdi, amaldagi jahon chempionlari 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
"Biz qiyin o‘yin o‘tkazdik. Quruq maydon va issiq havo futbolimizni ko‘rsatishimizga imkon bermadi.
Endi mag‘lubiyatni qabul qilib, davom etishimiz kerak. Jamoamiz yaxshilanishi kerak", - dedi forvard.