Shanba oqshomida Rossiya Premyer-ligasining 8-turidan o‘rin olgan SSKA va "Zenit" o‘zaro o‘yin o‘tkazishdi (0:1).
O‘yin davomida Moskva jamoasi muxlislari qo‘shiqlar orqali Sankt-Peterburg klubini haqorat qilishdi.
SSKA muxlislari: «Zenit - bu Rossiya futboli uchun sharmandalik», - deya hayqirishdi. Aytish joizki, ushbu qo‘shiqni "Zenit"ga qarshi o‘ynaydigan jamoalar muxlislari muntazam ravishda aytishadi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi uchrashuvda hamyurtimiz Abbos Fayzullayev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 71-daqiqada almashtirildi.