Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Shaxmat, Budapesht-2024. O‘zbekiston erkaklar jamoasi g‘alaba qozondi, qizlar esa dastlabki mag‘lubiyatni qabul qildi

Shaxmat, Budapesht-2024. O‘zbekiston erkaklar jamoasi g‘alaba qozondi, qizlar esa dastlabki mag‘lubiyatni qabul qildi

Baho:
+ | -

Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

15 sentyabr kuni 5-tur doirasida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Moldova, qizlar esa Gruziya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Amaldagi chempionlar 3,5 : 0,5 hisobida g‘alaba qozondi. Qizlar jamoasi esa musobaqada ikkinchi raqam ostida saralangan juda kuchli terma jamoa Gruziyaga 1,5 : 2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Erkaklar:

O‘zbekiston — Moldova 3,5 : 0,5 

Nodirbek Abdusattorov — Ivan Schiko 1:0; 

Nodirbek Yakubboyev — Jegor Lashkin 0,5 : 0,5; 

Javohir Sindorov —Viktor Bologan 1:0;

Shamsiddin Vohidov — Viorel Iordachesku 1:0. 

Ayollar:

O‘zbekiston — Gruziya 1,5 : 2,5  

Afruza Hamdamova — Nana Zagnidze 0,5 : 0,5; 

Nilufar Yakubboyeva — Lela Javakshvili 0,5 : 0,5; 

Umida Omonova — Nino Basiashvili 0,5 : 0,5; 

Marjona Malikova — Bella Xotenashvili 0:1.

O‘zbekiston erkaklar jamoasi dastlabki uch turda g‘alaba qozonib, 4-turda Vyetnam jamoasga mag‘lub bo‘lgan edi. Qizlar jamoasi esa 5-turgacha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgandi. Bu turda ular dastlabki mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Olimpiadaning 6-turida bugun, 16 sentyabr kuni erkaklar jamoasi Isroil bilan, qizlar esa Niderlandiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

5 ta turdan keyin amaldagi chempionlar 7-o‘rinda, O‘zbekiston qizlar jamoasi esa 15-o‘rinda borishmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:23, 16.09.2024.
O'qildi: 1516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик