Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ivan Boshkovich: «Raqib qarshi hujumlarda ajoyib o‘ynadi va oxirgi daqiqalarda g‘alabani ilib ketishi mumkin edi»

Ivan Boshkovich: «Raqib qarshi hujumlarda ajoyib o‘ynadi va oxirgi daqiqalarda g‘alabani ilib ketishi mumkin edi»

Baho:
+ | -

«So‘g‘diyona» – «Andijon» (1:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich qatnashdi.

«O‘ylaymanki, o‘yin juda qiziqarli bo‘ldi. Men o‘ylagandek davom etdi, yigitlar ham yaxshi harakat qilishdi. 35-daqiqagacha o‘yin ko‘nglimdagidek kechdi. 35-daqiqadan so‘ng o‘yin tizginini qo‘ldan chiqardik. Bir qator xatoliklarga yo‘l qo‘ydik. Qanotlarda ham ba’zi vaziyatlarda o‘yinimiz o‘xshamadi. Raqib ham o‘z o‘rnida yaxshi o‘yin ko‘rsatganini aytishim lozim.

Tanaffusda yigitlarga hammasini tushuntirgandim. Xotirjamlikka berilmaslik kerakligini ta’kidlagandim. Afsuski, ayrim holatlarda bee’tibor bo‘lib qolganimiz sababli darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik.

To‘g‘ri, raqibimiz ham yaxshi harakat qildi. Ular ham kurashishmoqda. «Andijon» uchun hozirgi vaziyatda ochko juda muhim edi. Shu bois raqib a’zolari xarakter ko‘rsatishdi va ko‘zlangan rejasiga erishishdi. G‘alaba qozonish uchun yurakda «olov yonib» turish kerak. G‘alabani juda ham xohlash kerak. Men bu gapim bilan g‘alabani istamadik, demoqchi emasman. Futbolchilar buni xohlashdi. Yigitlar imkoniyatlarni yaratishdi. Biroq hal qiluvchi vaziyatlarda aniqlik yetishmadi.

«Andijon»ning o‘yinini ham to‘g‘ri baholash kerak. Ular ham bir qator vaziyatlarda xavfli o‘yin ko‘rsatishdi. Ayniqsa, qarshi hujumlarda ajoyib o‘yin namoyish qilishdi. Hattoki, raqibimiz oxirgi daqiqalarda g‘alaba qozonib ketishi ham mumkin edi. Biz yomon o‘ynadik, deb ayta olmayman. Afsuski, 1:0 dan keyin o‘yinni biroz «tashlab» yuborgan holatlarimiz ham bo‘ldi. Bunday qilish kerak emas. Futbolni 90 daqiqa yuqori tempda o‘ynash kerak. O‘yin tugadi, keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Har bir bahsda natija uchun oxirigacha kurashish muhim. O‘ylaymanki, bunday bolalarcha xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz darkor. G‘alaba qozonayotgan paytda bo‘shashmaslik shart».

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 23:18, 20.09.2024.
O'qildi: 915 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.