Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

FIDE Bosh assambleyasi Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalarni bekor qilishdan bosh tortdi

FIDE Bosh assambleyasi Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalarni bekor qilishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) Bosh assambleyasi Qirg‘izistonning Rossiya va Belarus shaxmatchilariga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish taklifini rad etdi.

Mazkur ikki davlatlarga qo‘yilgan cheklovlarni olish taklifiga 22 sentyabr kuni yetarlicha ovoz berilmagan.

“21 delegat sanksiyalarning to‘liq bekor qilinishi uchun ovoz bergan, 41 ta davlat esa qarshi ovoz bergan, 27 nafari betaraf qolgan yoki ovoz berish jarayonida ishtirok etmagan”, deb xabar beradi Reuters.

AFP hamda Reuters nashrlarining ma’lum qilishicha, Budapeshtdagi Bosh assambleya FIDE kengashiga 12 yoshgacha yoki nogironligi bo‘lgan rossiyalik va belaruslik shaxmatchilarni musobaqalarga qabul qilish imkoniyatini o‘rganish va bu borada Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) bilan maslahatlashish uchun ovoz bergan.

Rossiya va Belarus 2022 yilda Rossiya—Ukraina urushi boshlaganidan so‘ng FIDEdan chiqarib yuborilgan, bu esa ushbu davlatlarni xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnashishiga to‘sqinlik qiladi.

2024 yil iyun oyida FIDE Etika komissiyasi Rossiya shaxmat federasiyasini (RSHF) ikki yilga xalqaro federasiya a’zoligidan mahrum qilgan edi. Bunday qaror Ukraina shaxmat federasiyasining Rossiya tuzilmasining anneksiya qilingan Qrimdagi, shuningdek, Ukrainaga qarshi urushi davrida bosib olingan Ukraina hududlaridagi “faol faoliyati” haqidagi shikoyatidan so‘ng qabul qilingan.

Ikki oy o‘tgach, Etika komissiyasining Apellyasiya palatasi 45 ming yevro jarima evaziga RSHFni a’zolikdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi iyundagi qarorini bekor qilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:09, 24.09.2024.
O'qildi: 1036 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик