Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

MMA. Mokayev: "Butun dunyo bo‘yicha o‘ta yengil vazn toifasidagi eng ko‘p maosh oluvchi jangchiman"

MMA. Mokayev: "Butun dunyo bo‘yicha o‘ta yengil vazn toifasidagi eng ko‘p maosh oluvchi jangchiman"

Baho:
+ | -
Asli chechenistonlik, hozirda Buyuk Britaniya sharafini himoya qilayotgan MMA jangchisi Muhammad Mokayev UFC'ga qaytish istagini bildirdi.

U bir muddat oldin Brave FC ligasi bilan shartnoma imzolagan edi. Biroq Muhammad hozircha Brave FC'da jang qilmadi.

"Butun dunyo bo‘yicha o‘ta yengil vazn toifasidagi eng ko‘p maosh oluvchi jangchiman. Ammo menda hozircha Brave FC kamari yo‘q. Lekin mening asosiy maqsadim - bu UFC'ga qaytish! Chunki bu promoushen hozirda dunyoda birinchi raqamli ligadir!", deb yozdi Mokayev o‘zining Tvitter sahifasida.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Muhammad Mokayev (12-0) 2022-2024 yillar davomida UFC'da 7 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 22:32, 26.09.2024.
O'qildi: 778 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик