Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Atletiko" 2-3 o‘yin uchun tribunani qisman yopish bilan jazolanishi mumkin

"Atletiko" 2-3 o‘yin uchun tribunani qisman yopish bilan jazolanishi mumkin

Baho:
+ | -

"Atletiko" muxlislarning xatti-harakati uchun tribunalarni qisman yopish orqali jazolanishi mumkin.

La Liganing 8-turidan o‘rin olgan “Real”ga qarshi o‘yinda (1:1) “matraschilar” mehmonlar darvozaboni Tibo Kurtua tomon buyumlar uloqtirishdi. O‘yin vaqtincha to‘xtatildi va 15 daqiqadan so‘ng davom ettirildi.

Bunday qoidabuzarlik uchun mumkin bo‘lgan sanksiyalarga "Metropolitano" stadioni tribunalari qisman yopilgan holda ikki yoki uchta o‘yin o‘tkazish kiradi.

Qayd etilishicha, uchrashuvning bosh hakami Mateo Buskets Ferrer sodir bo‘lgan voqealar tartibini bayonnomada batafsil ko‘rsatib bergan.

Kiritildi: 15:28, 30.09.2024.
O'qildi: 902 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик