Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Vadim Abramov: «Ketma-ket ikki o‘yinda ham odatdagi o‘yinimizni ko‘rsata olmaganimiz meni ko‘proq bezovta qiladi»

Vadim Abramov: «Ketma-ket ikki o‘yinda ham odatdagi o‘yinimizni ko‘rsata olmaganimiz meni ko‘proq bezovta qiladi»

Baho:
+ | -

Superliga 14-turining qoldirilgan o‘yini doirasidagi «Dinamo» - «Navbahor» (0:1) uchrashuvidan keyin Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Afsuski, bugun noto‘g‘ri o‘ynadik. Hammasidan ham meni bezovta qilayotgani – ketma-ket ikkinchi uchrashuvimizda ham o‘yinimiz chiqmagani va biz vaziyat yaratishda oqsayapmiz. O‘yinni golsiz yakunladik, anchadan buyon bunaqa bo‘lmagandi. Bugun gol o‘tkazib yuborganimizda ham xotirjam edim, sababi avvalgi o‘yinlardagidek gol urib, vaziyatni o‘nglay olishimizga odatlanganman. Ammo g‘alati gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin gol ura olmadik. O‘ylaymanki, biz noto‘g‘ri o‘ynadik va aytarli golli vaziyat yarata olmadik. Raqib esa butun jamoa bo‘lib, himoyada o‘ynadi va bunday o‘yinda gol urish qiyin edi. Birinchi bo‘limda juda yomon o‘ynadik, ikkinchi bo‘limda esa bosim uyushtirib, hujum qildik, biroq hal qiluvchi uzatmalar bo‘lmadi. Afsuski, yakunda mag‘lub bo‘ldik. Stadionga kelgan muxlislardan uzr so‘ragan bo‘lardim, ularning ishonchini oqlay olmadik. Bugun har qanday holatda ham g‘alaba qozonishimiz talab etilardi, ammo oldindan g‘alaba qozonish haqida o‘ylaganingda mana shunday bo‘ladi, - deya gap boshladi Vadim Karlenovich.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 22:42, 12.10.2024.
O'qildi: 1643 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик