Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Gvardiola "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin – Football Insider

Gvardiola "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin – Football Insider

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel Angliya terma jamoasini qabul qilib olganidan keyin klub bilan kelasi yozda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Tuxel tayinlanishidan oldin Angliya futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar bilan ishlashga qiziqqan Gvardiola bilan bog‘langan. Biroq tomonlar hamkorlik bo‘yicha kelishib olishmagan. Hozirda Gvardiola "Manchester Siti" bilan yangi bir yillik shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq OAVda Gvardiola kelasi yozda ingliz klubini tark etsa, uning o‘rnini "Sporting" ustozi Ruben Amorim yoki "Bayer" ustozi Xabi Alonso egallashi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Kiritildi: 05:27, 19.10.2024.
O'qildi: 787 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик