Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Grigoriy Kolosovskiy: “Natija bizni ham, raqibni ham qoniqtirmadi”

Grigoriy Kolosovskiy: “Natija bizni ham, raqibni ham qoniqtirmadi”

Baho:
+ | -

Superliga 21-tur doirasidagi "Metallurg" — "Andijon" o‘yinidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Ikki jamoa ham 90 daqiqa davomida ancha e’tiborli bo‘ldi. Biz yetarlicha vaziyatlarga ega bo‘ldik, biroq raqib ham darvozami tomon ko‘p marotaba xavf soldi. “Andijon”ni o‘rganib chiqqandik va standart vaziyatlardan yaxshi foydadana olishidan xabardor edik. Raqibning qarshi hujumlari ham ancha xavfli. Biz barchasiga tayyer edik. Bubanyaning gavdasi yirik va bu bizga noqulaylik tug‘dirdi. Ikkinchi qavatda raqibga qarshi haqiqiy “kurash” qo‘llashga majbur bo‘ldik. “Andijon” shunday o‘yin namoyish etishini kutgandik.

— Raqibning bo‘yi baland futbolchilari haqida gapirib o‘tdingiz, aynan shularga qarshilik ko‘rsatish uchun bo‘yi baland hujumchi Sekulichni nega maydonga tushirmadingiz?
— Menimyaa, Sekulich boshi bilan yetarlicha yaxshi o‘ynay olmaydi. U to‘pni yaxshi saqlab qola oladi, biroq bugungi uchrashuvda bizga tezkor futbolchilar kerak edi. Tajribali O‘rinboyev to‘pni yaxshi saqlab qola oldi va zarba beradigan nuqtagacha yetib bordi, lekin raqib himoyachilari qoida buzish bilan uni to‘xtatishdi. Sekulich biroz boshqacharoq turdagi futbolchi, unga keyingi bahslarda imkoniyat berishimiz aniq.

— Bugungi qo‘lga kiritilgan bir ochkodan ko‘nglingiz to‘ldimi?
— Natija meni qoniqtirmagani aniq. Bu bizning nechbnchidir durangimiz. O‘z joyimizdan siljimayapmiz. “Lokomotiv” bugun mag‘lubiyatga uchoadi va bizga “sovg‘a” taqdim etdi, ammo gol ura olmayapmiz va g‘alaba qozonmayapmiz. Vaziyatlarimiz bor, lekin gol yo‘q. Qayerdadir mahorat yoki omad yetishmayapti. Raqib darvozasi tomon yaqinlashganimizda qoidani buzishmoqda va fol. Natija “Andijon” uchun va biz uchun ham qoniqarli bo‘lgani yo‘q, ammo namoyish etgan o‘yinimizdan qoniqdim. Ishlashda davom etamiz. Oldinda o‘yinlar bor. Keyingi bahs “Navbahor”ga qarshi kechadm. Ular yaqinda finalni boy berishdi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 00:00, 20.10.2024.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.