Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Mendesh – 12 yoshli vunderkind agenti

Mendesh – 12 yoshli vunderkind agenti

Baho:
+ | -

Vaqtida Krishtianu Ronaldu bilan ham samarali hamkorlik qilgan zamonaviy futboldagi eng ilg‘or agentlardan biri Jorje Mendesh hammani yana bir bora hayrat ko‘chasiga yetakladi.

Portugaliyalik korchalon vositachi bu safar «Barselona» bag‘ridagi eng yorqin iqtidorlar qatorida tilga olinayotgan Adam Karualni o‘z tomoniga og‘dirdi shartnoma asosida. Bunda g‘ayrioddiy tomoni yo‘q agar Mendeshning yangi mijozi atigi 12 yoshda ekanligi inobatga olinmasa...

«Yangi Maradona». Adam Germaniyada asli marokashliklar oilasida tug‘ilgan. U hozirda o‘z tengdoshlari orasida eng istiqbolli futbolchi sifatida e’tirof etilmoqda. «Barselona» U-13 jamoasida o‘ynayotgan Adamga «Yangi Maradona» maqomi berilgani barchasini ko‘rsatib turibdi. Yigitcha chindan ham, nafaqat imidji, balki maydonda harakatlanishi va dribling salohiyati bilan buyuk argentinalikni eslatib yuboryapti. Hammasini tezda ilg‘aydigan Jorje Mendesh esa vunderkind bilan shartnoma tuzishni paysalga solgani yo‘q. 

Top futbolilarga top menejer. Jorje Mendesh boshqaruvidagi Gestifute agentlik kompaniyasi jahon futbolining o‘nlab sara yulduzlari bilan hamkorlik qilayotganini qo‘shimcha qilish o‘rinli. Xususan, Ruben Diash, Bernardu Silva va Darvin Nunyes ayni payt Mendesh mijozlari sanalishadi. Endi 12 yoshli Adam ham ustamon agent qanoti ostida. Bundan nima chiqishini esa vaqt ko‘rsatadi, albatta.

D.Alimov tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 28.10.2024.
O'qildi: 1163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.