Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

"Lokomotiv" bosh murabbiyi: "Tasvirlab bo‘lmas individual xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz"

"Lokomotiv" bosh murabbiyi: "Tasvirlab bo‘lmas individual xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz"

Baho:
+ | -

Superligada 23-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Lokomotiv" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Nasaf"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bir yarim taym bir kishi kam bo‘lib harakat qilish og‘ir. Yigitlar bugun katta kuch bilan jang qilishdi. Afsuski, o‘ylaganlarimizni amalga oshira olmadik.

"Lokomotiv" ketma-ket beshinchi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Bunga sabab nima?

Fikringizga qo‘shilaman. Har bir uchrashuvda so‘z bilan tasvirlab bo‘lmas individual xatolarga yo‘l qo‘yib kelyapmiz. Futbolchilarning xatolari tufayli mag‘lubiyatga uchrayapmiz, afsuski.

Ivan Rogach hech kim kutmagan pallada chetlatildi. U hakamga nima degan edi?

Bir narsani to‘g‘ri qabul qilish kerak. Hakamlar hech kim bilan gaplashmaydi va hakamlarga gapirishga hech kimning haqqi yo‘q. Bu barcha joyda bor, yozib qo‘yilgan qoida. Hakam hammasini to‘g‘ri qildi.

Himoyachi bunday qilish mumkin emasligini bilmas edimi? U bundan xabardor edi. Biz intizomni buzgani uchun jarimalar qo‘llaymiz. To‘g‘risi, bunday jarimalarga ishim tushishini hech qachon o‘ylamagan edim. Futbolchi nima bo‘lganda ham o‘z hissiyotlarini jilovlay olishi kerak. Bunday qila olmasa, uni professional deb atash noto‘g‘ri bo‘ladi. U 20 yoshli futbolchi emas, axir. Xatto, bu yoshdagi futbolchini ham bunday qilishga haqqi yo‘q.

O‘z tuyg‘ularini tiya olmaydigan futbolchini, professional deb atash noto‘g‘ri. U 20 yoshlik futbolchi emas, hattoki 20 yoshli futbolchi ham bunday qilishga haqqi yo‘q.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:01, 02.11.2024.
O'qildi: 736 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик