Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Guti 2002 yilgi "El Klasiko" haqida: "U yerda nafaqat cho‘chqaning kallasi, balki shishalar ham otilgan edi"

Guti 2002 yilgi "El Klasiko" haqida: "U yerda nafaqat cho‘chqaning kallasi, balki shishalar ham otilgan edi"

Baho:
+ | -

Guti 2002 yilgi "El Klasiko" paytidagi his-tuyg‘ulari haqida gapirdi.

2002 yil 23 noyabrda bo‘lib o‘tgan “Barselona” va “Real Madrid” uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlangan. Ushbu o‘yinda kataloniyaliklar safidan Madrid klubiga ko‘chib o‘tgan Luish Figuning boshiga cho‘chqaning kallasi otilgandi.

"Mendan bir metr narida turgan jamoadoshimning gapini eshitmadim – bu chindan ham chidab bo‘lmas edi. E’tiborni futbolga qaratib, boshqa narsa haqida o‘ylamaslik qiyin. O‘yin to‘xtatilishi kerak edi. Figu quloqlarini berkitib chiqdi, chidab bo‘lmas edi.

E’tiborni futbolga qaratishning iloji yo‘q edi. Biz bunday narsani tasavvur qila olmadik - bu butun 90 daqiqa davomida shunday davom etdi, bu aql bovar qilmaydigan narsa edi.

Xudoga shukur, hech narsa sodir bo‘lmadi, chunki nafaqat maydonga uloqtirilgan cho‘chqaning boshi, balki sizning boshingizga uchib tushishi mumkin bo‘lgan shisha butilkalar ham bor edi.

"Barselona" o‘yinchilari ham bu qadar uzoqqa ketganidan hayron bo‘lishdi - ular ham biz kabi his qilgan bo‘lsa kerak. Odamlar "Barselona"ni qo‘llab-quvvatlamayotgandi, barchasi Figuga qarshi qaratilgan edi", dedi "Real"ning sobiq yarim himoyachisi El Chiringuito telekanalida.

Kiritildi: 22:38, 05.11.2024.
O'qildi: 3123 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.