Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Superliga. «Lokomotiv» 90+11-daqiqada gol urib, Samarqandda «Dinamo»ni mag‘lub etdi

Superliga. «Lokomotiv» 90+11-daqiqada gol urib, Samarqandda «Dinamo»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Superliganing 24-turi doirasida «Dinamo» va «Lokomotiv» o‘rtasidagi uchrashuv Samarqandda bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda jamoalar hujumkor o‘yin namoyish etishga harakat qilishdi, ammo tanaffusga qadar hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limning 58-daqiqasida Xislat Xalilov jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba berib, chiroyli gol muallifi bo‘ldi.

Bahsning 69-daqiqasida "Lokomotiv" futbolchisi Kichin uzoq masofadan to‘pni raqib darvozasiga joylagandi, ammo hakam VAR yordamida bekor qilindi — ofsayd.

Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 8 daqiqa qolganida Gashchenkov hisobni tenglashtirdi.

Hakam ikkinchi bo‘limga 10 daqiqa qo‘shib berdi va unda "Dinamo" ko‘proq hujum qildi. Uning 1-daqiqasida Maykonning bosh bilan bergan zarbasi to‘singa tegib yuqoriga ko‘tarilib ketgan bo‘lsa, 6-daqiqada Kojo tomonidan bosh bilan yo‘llangan zarbaga biroz aniqlik yetishmadi.

90+11-daqiqada esa "Lokomotiv" hujum tashkil qildi va Jasur Hakimov bosh bilan g‘alaba to‘pini kiritdi.

"Temiryo‘lchilar" ushbu g‘alabadan keyin o‘z ochkolarini 21 taga yetkazib olishdi. Jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Proligaga tushib ketish ehtimolini deyarli yo‘qqa chiqardi.

Superliga, 24-tur
"DINAMO" - "LOKOMOTIV" - 1:2
Gollar: Xislat Xalilov (58) — Gashchenkov (85), Jasur Hakimov (90+11)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:38, 07.11.2024.
O'qildi: 997 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик