"Liverpul" vingeri Federiko Kyeza yetarli o‘yin amaliyoti uchun ijaraga berilishi mumkin.
Italiyalik futbolchi joriy mavsumda bor-yo‘g‘i 3 marta maydonga tushdi.
Jurnalist Ekrem Ko‘nurning yozishicha, 27 yoshli futbolchiga A seriyada talab katta: “Yuventus”ning sobiq yulduzini ijaraga olish uchun “Milan”, “Napoli”, “Komo” va “Fiorentina” klublari kurashib ko‘radi.