Ispaniyalik futbolchi 2016 yilning yozida "Real"dan "PSJ"ga o‘tgan va 2017 yilning qishida "Las-Palmas"ga ijaraga berilgandi. Keyinchalik Xese 2019/20 va 2020/21 yilgi mavsumlarda "PSJ"da o‘ynadi.
"Agar xohlasam, "Real"da qolishim mumkin edi, ammo ular menga "PSJ"ni taklif qilishdi. Menga ko‘p vaqt berilmagani uchun Parijga ko‘chib o‘tishni o‘yladim, chunki men o‘ynashni va daqiqalar olishni xohlardim. Buning ustiga Emeri menga qo‘ng‘iroq qildi.
"PSJ"da debyut qildim, birinchi o‘yinda g‘alaba goliga assistentlik qildim, ammo keyin appendisit bilan ikki oyga safdan chiqdim va qishda men ketishim kerakligini aytishdi. Men Emeriga o‘zimni aldangandek his qilganimni aytdim. Prezident Nosir Al-Xelayfi meni klubda qolishimni umuman istamadi. Mendan ko‘ra u xotinimni yaxshi ko‘rganmi, bilmayman", dedi "Real" va "PSJ"ning sobiq futbolchisi.