Birmingemning “Aston Villa” klubi 22 yoshli “Shaxtyor” va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Georgiy Sudakovni kuzatib turibdi.
Birmingem manbalariga ko‘ra, "Shaxtyor" o‘z futbolchisi uchun kamida 65 million yevro olmoqchi, shuning uchun ham shartnoma imzolash oson bo‘lmaydi.
Sudakovning "Shaxtyor" bilan shartnomasi 2028 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi klub safida 22 ta o‘yin o‘tkazib,9 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.













