Jurnalist Karlos Manfort xabariga ko‘ra, Kataloniyaning "Barselona" klubi portugaliyalik 16 yoshli chap qanot hujumchisi Karlos Varela bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Manbaning yozishicha, "ko‘k-anorranglilar" futbolchi bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolaydi.
Varela "Portu" tarbiyalanuvchisi. U klubning U-15 va U-17 tarkiblarida o‘ynagan.