"Bavariya" Bundesliganing 15-turidan keyin turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Vensan Kompani shogirdlari 36 ochko to‘pladi. "Bayer" myunxenliklardan 4 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.
"Ayntraxt" va "Leypsig" 27 ochko bilan mos ravishda 3 va 4-o‘rinlarda joylashgan. Frankfurtliklar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha yaxshiroq.
Dortmundning "Borussiya" klubi peshqadamdan 14 ochko ortda qolmoqda. Jamoa yakshanba kuni safarda "Volfsburg"ga qarshi o‘ynaydi.