Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Rustam Turdimurodov: “Yilni yaxshi kayfiyatda tugatdik”

Rustam Turdimurodov: “Yilni yaxshi kayfiyatda tugatdik”

Baho:
+ | -

Bu yilgi mavsumda «Andijon»ning kashfiyot futbolchisi sifatida 20 yoshli iqtidorli hujumchi Rustam Turdimurodovni aytish mumkin.

U bu yil Superligada debyutini o‘tkazdi. Shunga yarasha gollari hisobini ham ochdi va yakunda «Andijon»ning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Turdimurodov hammasi bo‘lib 9 ta gol muallifiga aylandi. Rustam chempionat yakuni bo‘yicha «Andijon» matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Rustam, yakuniga yetgan birinchilik jamoa va siz uchun ham o‘zgacha o‘tdi. Mavsum avvalida nimani ko‘zlagandingiz? Umuman, qanday taassurot qoldi?

— Bu yil men uchun eng yaxshi yil bo‘ldi, deb ayta olaman. Mavsum avvalida shu jamoani bir bo‘lagi bo‘lib yordam bershni maqsad qilgandim. Taassurotlar juda zo‘r. Kubok sohibiga aylandik, yilni yaxshi kayfiyatda tugatdik.

— Siz bu yil Superligada debyut golingizni urishdan tashqari, jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldingiz. Hammasi bo‘lib 9 ta gol urdingiz. Kutganmidingiz?

— Ha, bu yil o‘zimni debyut golimni urdim, Xudoga shukr. Agentim bilan kelishgan edik, 10 ta golga. Kutmagandim, chunki debyut yilda 10 ta gol urish ko‘p, lekin harakat qildim, 1 ta gol yetmay qoldi.

— Bunday sermahsullikning asosiy sababi nimada?

— Asosiy sababi murabbiylarni yordamida, deb o‘ylayman va Belarusning «Energetik» jamoasida hujumchi sifatida ko‘p narsa o‘rgandim.

— Bunday yoqimli sarguzashtga boy o‘tgan mavsumdan so‘ng qanday xordiq chiqaryapsiz?

— Yil bo‘yi futbol ichida bo‘ldim. To‘g‘risi, oilamga ko‘p vaqt ajrata olmadim. Hozirda oila davrasidaman. Bu yilgi xotiralarni yodga olib xordiq chiqarmoqdamiz.

— 9 ta golingiz orasida siz uchun chiroy bo‘yicha birinchi o‘rinda qaysi biri?

— Eng chiroylisi «Qizilqum»ga qarshi uchrashuvda kiritgan golim deb o‘ylayman. Uzoq masofadan to‘p kiritdim va dadam yaxshi ko‘rgan uslubda urdim.

— Muxlislar uchun nima degan bo‘lardingiz?

— Barcha muxlislarga rahmat. Bu yil ancha sermahsul o‘tdi, «Andijon» uchun. Xudo xohlasa, OCHLda «yondiramiz», degan bo‘lardim.

—  Futboldagi kumiringiz kim va kimga o‘xshashni istaysiz?

— Kumirim Ronaldo. Dadam ko‘pincha Son Xyon Mindan o‘rnak olishimni aytadi.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 16:06, 24.12.2024.
O'qildi: 1052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.