"Barselona" yarim himoyachisi Pablo Torre kataloniyaliklar safida mavsum oxirigacha qolishni va ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishni istaydi. Bu haqda «Mundo Deportivo» nashri xabar berdi.
21 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda "ko‘k-anorranglilar" safida 9 ta o‘yinda 3 ta gol urib, 1 ta assist berdi. Uning shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.