Portugaliyalik hujumchi Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlagach, rejalari haqida gapirdi.
"Men hech qachon murabbiy bo‘lmayman. O‘ylaymanki, klub prezidenti ham bo‘lmayman, balki qaysidir jamoaning egasiga aylanaman", - deydi Ronaldu.
Ayni damda Ronaldu allaqachon 39 yoshda. Joriy mavsumda hujumchi Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasi safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













