Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pike "Barselona"ning Olmoni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolariga izoh berdi

Pike "Barselona"ning Olmoni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolariga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning sobiq himoyachisi Jerar Pike Dani Olmoni ro‘yxatdan o‘tkazishda klubning qiyinchiliklari haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

"Blaugrana" 26 yoshli yarim himoyachini yil oxirigacha ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak, aks holda u mavsumning ikkinchi yarmida jamoaga yordam bera olmaydi.

"Barcha tafsilotlarni bilmasdan turib, aniq fikr bildirish qiyin. Aniq narsa shundaki, klub Olmoni qo‘lga kiritish yo‘lini topishi kerak, chunki yozda uning transferi uchun juda katta mablag‘ sarflangan edi. Vaziyat qiyin, ammo ular chiqish yo‘lini topadilar", - deya Pike so‘zlaridan iqtibos keltiradi Barca Universal.

"Barselona" Dani Olmoni avgust oyida Germaniyaning "RB Leypsig" klubidan 55 million yevro evaziga sotib olgandi.

Kiritildi: 08:23, 28.12.2024.
O'qildi: 1373 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик