Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" APLda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

"Arsenal" APLda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

Baho:
+ | -

"Arsenal" APLning 18-turida "Ipsvich"ni mag‘lub etdi - 1:0.

Ushbu g‘alaba evaziga Mikel Arteta shogirdlari Angliya chempionati turnir jadvalida ushbu turda "Fulxem"ga yutqazgan (1:2) "Chelsi"ni ortda qoldirdi.

18 turdan keyin Mikel Arteta shogirdlari ochkolari sonini 36 taga yetkazib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Enso Mareska shogirdlari hisobida 35 ochko bor va uchinchi o‘rinda bormoqda.

"Liverpul" 42 ochko va bir o‘yin bilan peshqadamlik qilmoqda.

"Nottingem Forest" 34 ochko bilan kuchli to‘rtlikdan joy oldi.

Kiritildi: 12:07, 28.12.2024.
O'qildi: 642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик