“Inter” Italiya Superkubogi finalida “Milan”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
"Inter" futbolchisi Federiko Dimarko muvaffaqiyatsizlik haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Derbi uchrashuvlarida har doim kichik detallar masalani hal qilib ketadi. 2:0 hisobida oldinda bo‘lgan holda yutqazmasligimiz kerak edi.
Bu bizning darajamizdagi jamoa bilan sodir bo‘lmasligi kerak, "Milan"ni maqtashim kerak, chunki ular juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi.
Endi biz xatolarimizni tahlil qilamiz", - dedi Dimarko pianetamilan.it saytiga.