"Atletik Bilbao" klubi o‘ng qanot himoyachisi Oskar de Markos Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Barselona"ga qarshi o‘yindan oldin Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
"U asosiy tarkibda tushadimi buni bilmaymiz. Lekin u o‘zgacha futbolchi ekanligi haqiqat. Uning ko‘plab fazilatlari bor. Unga qarshi himoyalanish qiyin, lekin biz bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Biz unga o‘xshagan o‘yinchilarga qarshi turishda jamoaviy ish, bir-birimizga yordam berishga tayanamiz", - dedi de Markos.
Eslatib o‘tamiz, "Atletik Bilbao" - "Barselona" uchrashuvi bugun tungi soat 00:00 da boshlanadi.