Kirish Ro'yxatdan o'tish

Reynders: "A Seriyada konsentrasiyani yo‘qotish jazoga olib keladi"

Reynders: "A Seriyada konsentrasiyani yo‘qotish jazoga olib keladi"

Baho:
+ | -

Niderlandiyalik yarim himoyachi Tijani Reynders 2023 yilning yozida "Milan"ga ko‘chib o‘tdi va jamoaning so‘zsiz yetakchilaridan biriga aylandi.

Reyndersning so‘zlariga ko‘ra, Italiya chempionatiga moslashish u uchun muammosiz bo‘lmagan, biroq jamoadoshlarini yaxshi tushunish qobiliyati tufayli bu ancha osonlashdi. 

"Albatta, boshida har doim qiyin bo‘ladi, lekin avvalgi murabbiy Stefano Pioli menga ishongan. Shuningdek, yordam qo‘lini cho‘zgan jamoadoshlarimni ta’kidlab o‘tmoqchiman va shu tufayli men ligaga o‘ylaganimdan tezroq moslashdim.

Bu juda raqobatbardosh chempionat, unda har bir o‘yin muhim. Konsentrasiyani yo‘qotish jazoga olib keladi.

Hammasi Niderlandiyadagidan ancha jiddiyroq", deya Reyndersning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it.

Kiritildi: 16:29, 09.01.2025.
O'qildi: 453 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик