Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Muxlislarning hatti-harakatlari sababli "Union"ga texnik mag‘lubiyat yozildi

Muxlislarning hatti-harakatlari sababli "Union"ga texnik mag‘lubiyat yozildi

Baho:
+ | -

"Union" "Boxum"ga qarshi o‘yinda muxlisning harakatlari tufayli texnik mag‘lubiyatga uchradi.

14 dekabr kuni ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda, 1:1 hisobida durang o‘ynagan holda, darvozabon Patrik Drevesning boshiga buyum otilishi oqibatida jarohat oldi.

Hakam Martin Petersen Bundesliga uchrashuvini to‘xtatishga qaror qildi va jamoalarni maydondan tashqariga olib chiqdi. Jarohat olgan Dreves darhol kasalxonaga yuborildi.

28 daqiqalik tanaffusdan so‘ng o‘yinni davom ettirishga qaror qilindi. "Boxum" barcha mumkin bo‘lgan almashtirishlardan foydalangan va Kodzi Miyosi maydondan chetlatilganidan keyin o‘n kishi bilan o‘ynab, hujumchi Filipp Xofman darvozaga turishga majbur bo‘ldi. Ikkala jamoa ham uchrashuv oxirigacha hujumkor harakat qilmaslikka qaror qilishdi. Uchrashuv durang bilan yakunlandi.

Germaniya futbol assosiasiyasining sport sudi "Boxum"ga 2:0 hisobidagi g‘alabani berishga qaror qildi, deb xabar beradi Kicker nashri. Sud majlisida ko‘plab guvohlar, jumladan, hakam, tashrif buyurgan guruh shifokori va Dreves tinglandi.

Qaror ustidan 7 kun ichida shikoyat qilish mumkin va "Union" buni amalga oshiradi.

Shu bilan birga, Nazorat qo‘mitasi jamoalarning o‘yin oxirida hujumga o‘tmaslik qaroridan noroziligicha qolgani qayd etilgan.

"Bunday xatti-harakatlar raqobatga ziddir. Tasavvur qiling-a, ikkita jamoa natija bo‘yicha kelishib oldi, uchinchisi esa shu sababli quyi ligaga tushib ketdi", dedi DFB tarkibiy bo‘limi rahbari Anton Naxrayner.

Kiritildi: 21:39, 09.01.2025.
O'qildi: 951 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик