Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Reshford A Seriyada faqat "Milan" tarkibida o‘ynash istagini bildirdi

Reshford A Seriyada faqat "Milan" tarkibida o‘ynash istagini bildirdi

Baho:
+ | -

"Milan" Markus Reshford uchun kurashda yetakchilik qilmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" hujumchisi "rossonerlar"ga ular uchun A Seriyada o‘ynash istagini bildirgan. Unga Germaniya chempionatidan ko‘ra Italiya chempionati yoqadi (Bundesligada unga Dortmundning "Borussiya" jamoasi qiziqmoqda).

Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" forvardni sotib olish huquqisiz ijaraga berishga tayyor. Bu variant milanliklarga mos keladi, chunki ular o‘yinchi maoshining faqat bir qismini to‘lashlari kerak bo‘ladi va hozir sotib olingan taqdirda potensial shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borishning hojati yo‘q.

Kecha Reshfordning agenti "Barselona" bilan vaziyatni muhokama qilish uchun Kataloniyaga uchib ketdi. Kataloniyaliklarda hamon moliyaviy feyr-pley qoidalari bilan bog‘liq muammolar bor, shuning uchun milanliklar Markus uchun poygada favorit sanaladi.

Shuningdek, "rossonerilar" "PSJ" hujumchisi Randal Kolo-Muaniga qiziqish bildirgani, biroq ayni damda ular asosan Reshfordga e’tibor qaratgani ta’kidlangan.

Kiritildi: 21:18, 11.01.2025.
O'qildi: 1094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик