Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

A seriya. «Napoli» o‘z uyida «Yuventus»ni mag‘lub etdi

A seriya. «Napoli» o‘z uyida «Yuventus»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Bugun, 25 yanvar kuni Neapoldagi "Diyego Armando Maradona" stadionida "Napoli" va "Yuventus" jamoalari o‘rtasidagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. "Napoli" o‘z uyida 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda "Yuventus" hujumchisi Randal Kolo-Muani 43-daqiqada hisobni ochdi. Fransiyalik futbolchi yangi jamoasi safidagi ilk o‘yindayoq gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

"Napoli" esa ikkinchi bo‘limda o‘ziga keldi va g‘alabani ilib ketdi. 57-daqiqada Zambo-Angissa hisobni tenglashtirdi.

Oradan 12 daqiqa o‘tib neapolliklar penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Romelu Lukaku undan samarali foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Shundan so‘ng, "Yuventus" hisobni tenglashtirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, "Napoli"ning mustahkam himoyasi bunga yo‘l qo‘ymadi.

Bu g‘alaba "Napoli" uchun juda muhim bo‘lib, ularning chempionlik poygasidagi pozisiyasini mustahkamladi. Jamoa o‘z ochkolarini 53 taga yetkazib oldi.

Ayni paytda, "Yuventus" A seriyaning joriy mavsumida ilk marta mag‘lubiyat alamini tortdi.

Italiya A seriyasi, 22-tur
Napoli – Yuventus 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 43 Kolo-Muani, 1:1 – 57 Zambo-Angissa, 2:1 – 69, penalti Lukaku.
Napoli – Meret, Spinassola, Jezus, Rraxmani, Di Lorenso, Maktominey, Lobotka (Gilmor, 89), Zambo-Angissa, Neres (Ngonj, 90+2), Lukaku (Simeone, 89), Politano (Massokki, 82).
Yuventus – Di Gregorio, Kambyazo (Savona, 65), Kalulu, Gatti, Makkenni, Tyuram, Lokatelli (Duglas Luis, 74), Gonsales (Fransishku Konseysau, 74), Kopmeyners, Yildiz (Mbangula, 65), Kolo-Muani (Vlaxovich, 82).
Ogohlantirishlar: Kambyazo (45), Lobotka (72), Spinassola (90+1), Kopmeyners (90+5).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:22, 26.01.2025.
O'qildi: 1783 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.