Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Karlo Anchelotti: «Ehtimol, «Real» oxirgi jamoamdir...»

Karlo Anchelotti: «Ehtimol, «Real» oxirgi jamoamdir...»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti an’anaga ko‘ra, ortda qolgan 2024 yilgi natijalar sarhisobi uchun Radio anch’io sport studiyasida mehmon bo‘ldi.

Italiyalik jurnalistlar avvalo, Karlo otani «Qirollik klubi» tarixidagi eng sovrindor murabbiyga aylangani bilan tabriklashdi. Futbol metri esa «Madrid»da g‘alaba qozonish nisbatan osonroq ekanligini tan oldi. Suhbat davomida yana CHLdagi vaziyat, futboldagi o‘zgarishlar va boshqa mavzularda so‘z bordi.

CHLdagi vaziyatga baho 

- Hozirgi ustuvor vazifa - «pley-off» raundiga o‘tib olish. CHL ancha murakkab turnir, albatta, muhimi, kurashni davom ettirish uchun imkoniyatimiz yetarli. Yevropa miqyo­sida qarasak, ayni holatda eng kuchli klub - «Liverpul». Arne Slot jamoasi muhim o‘yinlarda g‘alaba qozonish barobarida chiroyli futbol ko‘rsatmoqda. Tushunarliki, mart va aprel oylariga to‘g‘ri keladigan turnir doirasida eng og‘ir uchrashuvlarga to‘liq tayyor bo‘lishimiz shart. Ha, yangi format ba’zi kutilmagan hodisotlar va noqulayliklarni keltirib chiqardi. Lekin barchasini o‘z joyiga qaytarish uchun bizda vaqt ham, imkoniyat ham bor, menimcha. 

Fonseka iste’fosiga munosabat 

- Iste’fo - murabbiylik faoliyatining bir qismi. Jumladan, meni ham ko‘p marta ishdan bo‘shatishgan. Binobarin, jamoada qandaydir muammo yoki tizim bilan bog‘liq kamchilik kuzatilsa, barcha mas’uliyat murabbiy zimmasiga tushadi. Aslida «Milan» Fonseka boshqaruvida o‘yin sifatida bo‘yicha chakki taassurot qoldirmayotgan edi. Masalan, bizga qarshi uchrashuvda ham haqli ravishda g‘alaba qozondi. Umuman, Fonseka iste’fosiga aynan nima sabab bo‘lganini uncha tushunmadim. Ehtimol, u rahbariyat talabi darajasida bar­qarorlikni ta’minlay olmagandir...

Futbolchilarga umumiy yondashuv 

- Albatta, murabbiyning futbolchilarga munosabati juda muhim. Bu hatto rahbariyat bilan aloqalardan-da kattaroq ahamiyat kasb etadi. Jamoa - murabbiyning hayot yo‘li. Har qanday mutaxassis shogirdlari bilan do‘st tutunishi, shuning barobarida ishga professional yondashuvni unutmasligi kerak. Qachon o‘rtada iliq munosabat shakllanadi? Qachonki, futbolchilarga yetarli darajada o‘yin amaliyoti bersangiz. Afsuski, boshlang‘ich tarkibga atigi 11 nafar ijrochi qo‘sha olasiz, xolos. Qolganlar zaxirada navbat kutishga majburlar. Ayni shu jarayon murabbiydan ham, futbolchidan ham xolislik talab etadi.

«Roma»da ishlash ehtimoli 

- To‘g‘ri, «Roma» bilan yaqin aloqadaman, bu klub xotiramda abadiy qoladi. Lekin Madridda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Bilasizmi, «Real» bilan chempionlikni qo‘lga kiritsangiz, darhol keyingisi haqida o‘ylay boshlaysiz. Jamoada sovrinlarga tashnalik hech qachon bosilmaydi. Ayni holatda klub bilan yana 2 yillik shartnomam bor. Ehtimol, «Real» men uchun oxirgi jamoadir. Yana kim biladi?

Futboldagi o‘zgarishlar 

- Bugungi futbolda o‘zgarishlar ko‘p - texnologiyalar, hakamlik saviyasi, raqiblarning bir-biriga hurmati... Umuman, hammasi yaxshi tomonga o‘zgarmoqda. Ayni payt faqat o‘yinlar soni ko‘pligiga e’tiroz bildirish mumkin. Darqaqiqat, taqvim nihoyatda zich va futbolchilar katta kuch sarflashga majburlar. Yaqin yillarda taqvim nisbatan yengillashtirilishidan umidvormiz, zero, shu zaylda davom ettirishning iloji yo‘q. Hozirgi tig‘izlik yigitlar salomatligini xavf ostiga qo‘yish bilan teng. Zaxira limitini yanada oshirish? Yo‘q, bunaqasi endi aqlga sig‘maydi. O‘yinlar sonini kamaytirish haqida o‘ylash maqsadga muvofiq. Umuman, bu masalaga UYEFA va FIFA, La Liga kabi tashkilotlar yechim topishi kerak.

Niko Pas kelajagiga ishonch

- Nikoni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. O‘ylaymanki, bu yil Madriddan tashqaridagi rivojlanish unga katta foyda keltiradi. Fikrimizcha, Niko «Real» kelajagining bir qismiga aylanishi mumkin - u bunga qodir futbolchi.

XURSHIDBEK tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:33, 03.02.2025.
O'qildi: 3383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик