Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karragerga "Arsenal" futbolchisining qiliqlari yoqmadi

Karragerga "Arsenal" futbolchisining qiliqlari yoqmadi

Baho:
+ | -

Jeymi Karrager Maylz Lyuis-Skellining gol nishonlashiga baho berdi.
"Arsenal" APLning 24-turida "Manchester Siti"ni mag‘lub etdi (5:1).

"Kanonirlar" yarim himoyachisi, 18 yoshli Mayls Lyuis-Skelli londonliklarning uchinchi golini Erling Xoland uslubida nishonladi.

"Bu menga yoqmadi, chunki u Xolandni masxara qilayotgan yosh futbolchi.

Men Xoland nima deganini bilaman, lekin u yosh o‘yinchi va yosh o‘yinchilar sifatida biz hammamiz hayajonlanib ketamiz. Bu uning uchun muhim daqiqa edi.

Deklan Rays unga o‘z joyiga qaytishini aytdi. Yosh o‘yinchilarni yoshi katta o‘yinchilar shunday tiyib turishlari kerak", - dedi "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager. 

Kiritildi: 15:22, 04.02.2025.
O'qildi: 1098 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик