Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

O‘zbekiston futzal federasiyasi rivojlanish strategiyasini qabul qildi

O‘zbekiston futzal federasiyasi rivojlanish strategiyasini qabul qildi

Baho:
+ | -

Toshkent shahridagi "Lotte City Hotel Tashkent Palace" mehmonxonasining konferens-zalida O‘zbekiston futzal federasiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov, O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumov, O‘FA faxriylari kengashi raisi To‘lagan Isoqov, O‘FA prezidenti masalahatchisi Avaz Azizxo‘jayev, O‘FA birinchi vise-prezidenti maslahatchisi Rahmiddin Zikriyayev, futzal mutasaddilari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va O‘zbekiston futzal federasiyasi rahbariyati tomonidan "O‘zbekistonda futzalni rivojlantirishning 2025 — 2028 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi" hamda mamlakat futzal terma jamoalarining yangi bosh murabbiylari tanishtirildi.

Anjuman avvalida O‘zbekiston futzal federasiyasi Prezidenti Bekzod Mamatqulov so‘zga chiqib, federasiya faoliyat boshlaganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsada, qator xorijiy davlatlar, jumladan, Polmsha, Italiya, Latviya, Turkiyada mamlakat futbol va futzal federasiyalari prezidentlari bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazilgani, futzali rivojlangan xorijiy mamlakatlar Braziliya, Portugaliya va Ispaniya tajribasi o‘rganilgani haqida, mamlakatimizda futzal sport turini rivojlantirish uchun birinchi navbatda infratuzilmani shakllantirish zarurligi borasida ma’lum qildi. Aynan shu maqsadda 4 yillik maxsus dastur — 2025 — 2028 yillarga mo‘ljallangan Strategiya ishlab chiqilgani, uning to‘rt asosiy maqsadi: O‘zbekistonda futzalni ommalashtirish va rivojlantirish; Professional klublarni qo‘llab-quvvatlash; Yosh futzalchilarga keng imkoniyat yaratib berish; Xalqaro musobaqalarda ishtirok etish darajasini oshirish ekanligini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston futzal federasiyasi Bosh kotibi Ma’rufjon Abdullayev mazkur Stragetiyani yig‘ilganlarga batafsil tanishtirib o‘tdi.

Shuningdek, OAV vakillari savollariga javob berarkan, Bekzod Mamatqulov FIFA futzalni Olimpiada o‘yinlari tarkibiga kiritish masalasini o‘rganib chiqayotgani va biz ham shu yo‘nalishda harakatni jadallashtirish, yurtimizda futzal geografiyasini kengaytirishga e’tibor berish lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, matbuot anjumanida O‘zbekiston milliy terma jamoalari, yoshlar hamda o‘smirlar terma jamoalariga bosh murabbiylar tayinlangani e’lon qilindi. Jumladan, Nodir Eliboyev — O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, Konstantin Sviridov — yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi, Dilshod Rahmatov — o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi hamda Farrux Zakirov ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.

Bundan tashqari, futzal federasiyasida Murabbiylar kengashi hamda Intizom komissiyasi tuzilgani e’lon qilinib, ularning tarkibi tasdiqlandi.

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan Nodir Eliboyev quyidagicha fikr bildirdi: "Bu mas’uliyatli lavozim. Sizlarni va xalqimizning ishonchini oqlashga harakat qilaman. Strategiyamiz 2028 yilgi Jahon chempionatida o‘z o‘rnimizga ega bo‘lish. Futzalda yangi sahifani ochyapmiz".

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 08:26, 16.02.2025.
O'qildi: 506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.