Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Pedru Moreyra: «Katta ishtiyoq bilan o‘ynasak, ko‘p narsani uddalay olamiz»

Pedru Moreyra: «Katta ishtiyoq bilan o‘ynasak, ko‘p narsani uddalay olamiz»

Baho:
+ | -

Elit Chempionlar Ligasi 8-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "As-Sadd" o‘yinidan avval rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. "Sherlar" ustozi Pedru Moreyra va jamoa himoyachisi Umar Adhamzoda matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Moreyra: - Barchaga xayrli kun. Bizni juda muhim o‘yin kutmoqda. Maqsadimiz jamoaning ushbu musobaqadagi ikki uchrashuvi orqali barchasini ko‘zdan kechirib olish edi. G‘alaba qozongan taqdirimizda bizda imkoniyat saqlanib qoladi. Shunga harakat qilamiz. Raqib hujumkor futbol ko‘rsatadi, juda yaxshi shakllangan jamoa. Bir oydan ortiqroq mashg‘ulotlarda ishlaganlarimizni ertaga ko‘rsatishga intilamiz.

Oldimizda turgan o‘yin haqida o‘ylashimiz lozim. Zafar quchsak, keyin boshqa narsalar to‘g‘risida o‘ylaymiz. Bizni Elit ligadan tashqari O‘zbekiston chempionatida ham qiziqarli mavsum kutmoqda.

Raqibda rasmiy o‘yin amaliyoti borligi ularga qo‘l keladi. Mavsum davom etayotgan holatda maydonga tushish yaxshi. Lekin biz ham ko‘p narsalarga qodirmiz. Futbolchilar ham buni his etib borishmoqda. Jamoa sifatida asta-sekin kuchayib boryapmiz.

Uchrashuvga juda ko‘p narsalar ta’sir qilishi mumkin. Katta ishtiyoq bilan o‘ynasak, ko‘p narsani uddalay olamiz. O‘yindagi turli vaziyatlarga tayyor bo‘lishimiz kerak.

Muxlislarni stadionda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz va ularga yaxshi kayfiyat taqdim etishga urinamiz. Biz bir oilaga aylanishimiz lozim.

Adhamzoda: - Ertangi bellashuvda g‘alabaga erishib, muxlislarni xursand qilishga urinamiz. Tayyorgarligimiz ko‘ngildagidek bo‘ldi deb o‘ylayman. O‘z o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak. "Sadd"ni o‘rganib chiqdik. Ularga qarshi oldin ham o‘ynaganmiz.

Klaudinioga qarshi o‘ynashga alohida tayyorlanmadik. Raqibda yuqori saviyali futbolchilar ko‘p. Jamoaviy o‘yinga e’iibor qaratgan holda bahsga hozirlik ko‘rdik.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 14:57, 16.02.2025.
O'qildi: 1313 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.