"Yuventus" A Seriyada yana kuchli to‘rtlikka qaytdi.
Tyago Motta jamoasi 25-turda "Inter"ni mag‘lub etdi (1:0).
"Byankonerilar" ochkolarini 46 taga yetkazib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha "Lasio"ni ortda qoldirib, 4-o‘rinni egalladi. Oldinda "Atalanta" (51), "Inter" (54) va "Napoli" (56).
Oxirgi marta "Yuventus" oktyabr oyi oxirida, 9-turdan keyin kuchli to‘rtlikka kirgandi.













