"Manchester Yunayted" daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan shartnomani uzaytirmaydi.
Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, mankunianliklar rahbariyati 33 yoshli futbolchini jamoada olib qolish niyatida emas va u yozda erkin agentga aylanadi.
Joriy mavsumda Eriksen barcha klub turnirlarida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













