Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 0-0 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Bugun “Paxtakor”ning pley-off bosqichidagi raqibi aniq bo‘ladi

Bugun “Paxtakor”ning pley-off bosqichidagi raqibi aniq bo‘ladi

Baho:
+1 | -

Futbol bo‘yicha Elit Osiyo chempionlar ligasining umumiy bosqichi so‘nggi, 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Turning ilk uchrashuvi Toshkent shahridagi "JAR" stadionida o‘tkazildi. “Paxtakor” – “As-Sadd” klublari o‘rtasidagi o‘yinda poytaxtimiz klubi 2:1 hisobida zafar quchdi. Shuningdek, mazkur turda “Ash-SHorta” – “Al-Ayn” 2:0, “Persepolis” – “An-Nasr” 0:0, “Al-Ahli” – “Al-Garafa” 4:2 hisoblari qayd etildi.

Bugun, 18 fevral kuni liganing 8-turi doirasida ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda “Ar-Rayyan” – “Istiqlol”, “Al-Hilol” – “Al-Vasl” klublari o‘zaro raqobatlashadi.

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, kechagi uchrashuvlardagi qayd etilgan natijadan so‘ng “Paxtakor“ musobaqaning pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, “Paxtakor“ 7 ochko bilan 7-o‘rindan joy oldi. Bugun “Istiqlol“ safarda “Ar-Rayyan“ ustidan g‘alaba qozonsa, “Paxtakor“ sakkizinchi o‘rinni egallaydi. Eronliklar durang yoki mag‘lubiyat qayd etadigan bo‘lsa, “Paxtakor“ yettinchi o‘rin bilan pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Elit OCHL reglamentiga ko‘ra, g‘arb mintaqasida 1-o‘rinni egallagan jamoa shu mintaqadagi 8-o‘rin, 2-o‘rinni egallagan jamoa esa 7-o‘rin egasi bilan bahs olib boradi. Hozirda musobaqa jadvalining eng yuqori ikkita o‘rnini "Al-Hilol" va “Al-Ahli" klublari egallab turibdi. Shundan kelib chiqib, "Paxtakor" 7 yoki 8-o‘rin bilan pley-offga yo‘l olsa, poytaxtimiz klubining navbatdagi bosqichdagi raqibi "Al-Hilol" yoki "Al-Ahli" bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, OFK qaroriga ko‘ra, liganing pley-off bosqichidagi ilk o‘yin jadvalda pastroq o‘rinni egallagan jamoa maydonida o‘tadi. Aniqrog‘i, “Paxtakor“ ushbu bosqichdagi birinchi uchrashuvni o‘z uyida o‘tkazadi. 1/16 finalning ilk uchrashuvlari esa 3-4 mart kuniga belgilangan.

Kiritildi: 12:55, 18.02.2025.
O'qildi: 1362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик