Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Bugun terma jamoamizning Osiyo kubogidagi navbatdagi raqibi aniq bo‘ladi

Bugun terma jamoamizning Osiyo kubogidagi navbatdagi raqibi aniq bo‘ladi

Baho:
+ | -

Xitoyda futbol bo‘yicha U20 yosh toifasida o‘tayotgan Osiyo kubogida bugun guruh bosqichi yakunlanadi.

Unda “D” guruhidan o‘rin olgan Janubiy Koreya – Yaponiya, Suriya – Tailand terma jamoalarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Kecha “B” va “S” guruhlarida so‘nggi, 3-tur uchrashuvlari tashkil etildi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, “B” guruhida Iroq va Iordaniya terma jamoalari bahsida hisob ochilmadi. Saudiya Arabistoni esa 2:1 hisobida KXDR termasini taslim qildi.

Shu tariqa, Saudiya Arabistoni U20 terma jamoasi 6 ochko bilan birinchi o‘rinda chorak finalga chiqqan bo‘lsa, Iroq 5 ochko jamg‘arib, ikkinchi pog‘onada navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. Iordaniya 4, KXDR 1 ochko bilan guruhda qolib ketdi. Endi 1/4 finalda Avstraliya – Iroq, Xitoy – Saudiya Arabistoni o‘zaro raqobatlashadi.

Shuningdek, “S” guruhida O‘zbekiston va Eron U20 terma jamoalari guruh peshqadamligi uchun kuch sinashdi. Unda futbolchilarimiz kutilmaganda 2:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi hamda guruhda ikkinchi o‘ringa joylashdi. Bu guruhdagi ikkinchi o‘yinda Indoneziya va Yaman jamoalari kuch sinashdi. Bahsda hisob ochilmadi va jamoalar bittadan ochko bilan guruhning so‘nggi o‘rinlaridan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogining chorak finalida Farhod Nishonov qo‘l ostidagi terma jamoamizga 1/4 final bosqichida “D” guruhi g‘olibi to‘qnash keladi. Eron esa ushbu guruhning ikkinchi jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Kiritildi: 12:50, 20.02.2025.
O'qildi: 1288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик