Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

De Yongning «Barsa» bilan shartnomasini uzaytirish mavsumi oxirigacha kechiktirildi

De Yongning «Barsa» bilan shartnomasini uzaytirish mavsumi oxirigacha kechiktirildi

Baho:
+ | -

Frenki de Yongning «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirish masalasi mavsum oxiriga qoldirildi.  

"Marca" nashrining xabar berishicha, futbolchining agenti Ali Dursun va «Barsa»ning sport direktori Deku yaqinda uchrashuv o‘tkazganiga qaramay, muzokaralarda hech qanday ilgarilash kuzatilmagan. Oqibatda, har ikki tomon ham hozircha muhokamani kechiktirishga qaror qildi. Gap shundaki, kelishuv yo mavsum oxirida, yoki sport sabablariga ko‘ra qayta ko‘rib chiqiladi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, De Yong shoshilib qaror qabul qilmoqchi emas. U ayni paytda o‘z jamoadagi rolini kuzatishni va jismoniy jihatdan o‘ziga kelganidan keyin Xansi Flik unga ishonch bildirishini ko‘rishni xohlamoqda. Shuningdek, u boshqa klublardan qanday takliflar kelib tushishini kuzatib borish niyatida. Hozirgi shartnomasi 2026 yil iyunida tugaydi.  

"Marca"ga ko‘ra, «Barselona» aynan shu holatdan qochishni istamoqda va shuning uchun yakuniy qarorni yozda qabul qiladi. Agar niderlandiyalik futbolchi shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, uni transferga qo‘yib, pul ishlab olish rejasi bor.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:22, 20.02.2025.
O'qildi: 1037 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик