Kirish Ro'yxatdan o'tish

Robin van Persi "Feyenoord" bilan shartnoma imzolaydi - manba

Robin van Persi "Feyenoord" bilan shartnoma imzolaydi - manba

Baho:
+ | -

"Feyenoord"ning yangi bosh murabbiyi Niderlandiya terma jamoasining sobiq forvardi Robin van Persi bo‘ladi, deb xabar berdi X ijtimoiy tarmog‘ida jurnalist Devid Ornshteyn.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 2027 yil yozigacha shartnoma imzolash bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgan. "Feyenoord" mutaxassisning ketishi uchun "Xerenven"ga kompensasiya to‘laydi.

Van Persi o‘tgan yozdan beri "Xerenven"da ishlamoqda. Uning qo‘l ostida jamoa 26 o‘yinda 9 g‘alaba va 6 durang qayd etgan. Avvalroq van Persi "Feyenoord" akademiyasida murabbiy sifatida ishlagan.

Kiritildi: 04:23, 21.02.2025.
O'qildi: 956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик